KASTRO RUS (Castro Rus) Fidel (1926.13.8, Oryente viloyatining Biran shaharchasi) — Kubaning davlat, siyosat va harbiy arbobi. Gavana un-tining yuridik f-tini tugatgan (1949). Huquq d-ri. 1950-y. lar boshida Kuba xalqi partiyasi («Ortodokslar»)ga kirgan. 1953-y. dan Kuba xalqining F. Batista diktaturasiga karshi kurashiga boshchilik qilgan. 1953-55 y. larda qamokda boʻlgan. 1955-y. Meksikaga ketgan. 1956-y. 2 dek. da bir) guruh inqilobchilar bilan Kubaga kaytdi va Batista tuzumiga qarshi partizanlar kurashini avj oldirdi. 1959-y. 1 yanv. da Batista diktaturasi quladi. 1959-y. fev. dan K. R. Kuba inqilobiy hukumati Bosh vaziri, ayni vaqtda 1962-y. dan Birlashgan inqilobiy tashkilotlar milliy rahbarligi hamda Birlashgan sotsialistik inqilob partiyasi (1965-y. dan Kuba KP) birinchi kotibi. 1965-y. dan Kuba KP MK birinchi kotibi. 1976-y. dan Kuba Respublikasi Davlat kengashi, Vazirlar Kengashi Raisi va Inqilobiy qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые