KASTALAR

KASTALAR (asli lot. — toza, sanskritcha jati) — kishilarning biqiq endogam guruhi. Kastalar oʻziga xos sotsial vazifalarni bajarish, merosiy kasbhunarlar bilan shugʻullanish natijasida ajraladiki, bu hol muayyan etnik, baʼzan diniy mushtaraklikka mansublik bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Kastalar baland-past tabaqalar hosil qiladi, ular oʻrtasidagi munosabatlarda qatʼiy cheklanishlar mavjud. Arxaik Kastalar (tabaqaviy yoki sotsial darajalar) bir qancha qad. va oʻrta asr jamiyatlari (Kad. Misr, Hindiston, Peru va b.) da bulgan. Hindistonda hinduizmda, asosan, odamlarning muayyan belgiga koʻra guruhlarga boʻlinishi yalpi tus olgan. Hindistonda 20-a. ning 40-y. larida 3,5 ming K. va kichik Kastalar bor edi. Oʻrta asrlarda Hindistonda Kastalar bir necha pogʻonani hosil qilgan: eng yuqori pogʻonabrahmanlar va harbiy yer egalarining Kastalari yirik va oʻrtahol mulkdorlardan tashkil topgan; ulardan quyiroq pogʻonani savdogar-sudxoʻrlar egallagan; bulardan keyingi pogʻonadagi zamindorlar kastasi mayda mulkdorlar va dehqonlar boʻlib, jamoaning toʻla huqukli aʼzolari hisoblanishgan, yanada quyi pogʻonaga koʻp sonli yersiz va toʻla huquqqa ega boʻlmagan dehqonlar, hunarmandlar va xizmatkorlar kirgan; ularning eng past qatlami huquqsiz va eng ezilgan «hazar qilinganlar» (pariyalar)ning Kastalar idir. Hindiston konstitutsiyasi (1950) Kastalar tengligi va «hazar qilinganlar»ning yuridik teng huquqliligini eʼtirof etdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x