KASSETA (frans. cassete — quticha) — detallar, materiallar, foto va kinoplyonkalar va b. eng qulay (optimal) sharoitlarda saqlanadigan, ishlanadigan, suriladigan, oʻzaro almashtiriladigan kichik, ixcham qurilma. Fotografik Kasseta eng koʻp tarqalgan boʻlib, yorugʻlik sezgir materiallar (foto va kinoplyonkalar, fotoplastinkalar) saqlanadi. Magnitofon K. si — magnit lentalar joylashtirilib qoʻyiladigan yopiq quticha. Videomagnitofon K. si — magnitofon Kasseta siga oʻxshash kattaroq quticha.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые