KASALS

KASALS (Casals) Pablo (1876.29.12, Barselona yaqinidagi Vendrel qishlogʻi — 1973.22.10, PuertoRiko, San-Xuan sh.) — ispan sozandasi (violonchel), dirijyor, kompozitor, musiqa-jamoat arbobi; 20-a. jahon musiqasi namoyandalaridan. Barselona va Madrid konservatoriyalarida taʼlim olgan. Konsert faoliyatini 1890-y. larda Barselonada boshlagan. 1899-y. dan Yevropa va Amerika mamlakatlarida, 1901-y. dan jahon boʻylab gastrolda boʻlgan. Kasals zamonaviy violonchel ijrochiligida yangi davr ochdi, uning ijrosi sermazmunligi, oʻta ifodaviyligi, yuksak texnik va badiiy mahorati, turli musiqa uslublarini chuqur his etishi bilan ajralib turadi. Barselonada ilk simfonik orkestr (1920) va Ishchilar musiqa jamiyatini (1924), San-Xuanda simfonik orkestr (1959) va konservatoriyani (1960), Prad (Fransiya, 1950) va San-Xuanda (1957) musiqa festivallarini tashkil qilgan. Bir necha simfonik, xor, kamer-cholgʻu asarlar muallifi. BMT uchun «Tinchlik madhiyasi»ni yaratgan (1971). 1957-y. dan Kasals nomidagi xalqaro tanlovlar (Parij va Budapeshtda) oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x