KARTON MASHINASI

KARTON MASHINASI — suvda maydalangan tolali mahsulot (qogʻoz massasi) ni presslab suvini chiqarib karton tayyorlash mashinasi. Tur, presslash, quritish va ishlov berish qismlaridan iborat. Doyra turli, yassi turli, kombinatsiyalashgan toʻrli va ikkita tur orasida tayyorlaydigan (ikki turli) xillari bor. Doyra toʻrli Karton mashinasida tarkibi (tolasiga koʻra) va massasi (1 m2 200 dan 800 g gacha) turlicha bulgan koʻp qatlamli karton tayyorlanadi. Yassi turli Karton mashinasi qogʻoz tayyorlash mashinasita oʻxshab ishlaydi, biroq ularda quritish qismining oʻlchami kattaroq boʻladi. Bunday mashinalarda 1 m2 ining massasi 500 g gacha, toʻrli va ikki turli Karton mashinasida 1 m2 ining massasi 800 g gacha boʻlgan bir, ikki va koʻp qatlamli karton tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x