KARTEZIYCHILIK

KARTEZIYCHILIK, kartezianlik R. Dekartning lot. Karteziy (Cartesius) ismidan olingan] — 17 — 18-a. falsafa va tabiatshunosligidagi yoʻnalish. R. Dekartint gʻoyalari nazariy asos boʻldi. Karteziychilik izchil dualizm bilan xarakterlanadi. Karteziychilik dunyoni ikki mustaqil va oʻzaro bogʻliq boʻlmagan substansiyalar — moddiy va fikrlovchi substansiyaga ajratadi. Karteziychilikning bosh prinsiplari — ongning oʻz-oʻzidan mavjudligi (R. Dekartning «fikrlayman, demak, mavjudman» degan gʻoyasi) va tugʻma gʻoyalar nazariyasidir. Karteziychilik taraqqiyotida monizm (golland faylasufi X. De Rua (1598—1679), B. Spinoza) va okkazionalizm [(golland faylasufi A. Geylinks (1624—69), fransuz faylasufi N. Malbransh (1638—1715)] yuzaga keldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x