KARNAVAL

KARNAVAL (lot. carrus navalis — ajoyib arava, bayram marosimlari kemasi) — asosan, ochiq havoda oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan oʻyinlar, koʻcha namoyishlaridan iborat ommaviy sayilning bir turi. Yil fasllarining almashuvi, bahorgi dehqonchilik va b. bayramlar b-n bogʻliq majusiylarning marosimlaridan boshlangan. Karnaval nomi 13-a. da Italiyada vujudga kelgan. 16-a. mashhur italyan xalq teatri turi niqoblar komediyasi («Del arte komediyasi»)nnnt paydo boʻlishi Karnaval bilan bogʻliq. Karnavalga oʻxshash koʻcha va maydon tomoshalari sharqda juda qadim zamonlardan maʼlum. Oʻrta Sharqda Karnaval zardushtiylik, navroʻz va b. bayramlar bilan bogʻliq holda uyushtirilgan. Temur va temuriylar, oʻzbek xonlari, amir va beklar davlat miqyosidagi bayramlar munosabati bilan ham Karnaval tomoshalari oʻtkazgan. Oʻzbekistonda 1957-y. dan har yili kuzning birinchi oyida hoz. Milliy bogʻda muntazam Karnaval oʻtkazib kelingan. Hoz. kunda qayta tiklangan navroʻz bayramlarida asta-sekin Karnaval tomoshalari odat tusiga kirmoqda.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x