KARMANA QALAY KONI

KARMANA QALAY KONI — Karmanadan 15 km jan. da, Ziyovuddin togʻi etaklarida joylashgan. 1956-y. da ochilgan. Qalay mikdori va zaxirasiga koʻra kichik kon. K. q. k. gidrotermal genetik turga mansub boʻlib, kembriygacha boʻlgan togʻ jinslari ichida hosil boʻlgan. Ruda tarkibida kumush, oltingugurt, vismut, qoʻrgʻoshin, surma uchraydi. Kvars sulfidli (kassiterit, arsenopirit, pirit va b.) rudalarning togʻ jinslari ichida oʻta murakkab shakllarda joylashganligi va qalay miqdorining oʻzgaruvchanligi kon maydonida geol.-razvedka ishlarining toʻxtatilishiga sabab boʻldi. Shu atrofda qalay konlari qadim vaqtlardan maʼlum boʻlgan. Qarnob, Lapas, Semizquduq va b. qalay konlarida oʻrta asrlarga mansub konchilik ishlarining qoldikdari (gʻorsimon oʻyiklar, moychiroq, yogʻoch tirgovuchlar va h. k.) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x