KARLOVI-VARI

KARLOVI-VARI (Chexiya qiroli Karl 1 nomiga qoʻyilgan va vary — issiq buloqlar; nem. Karlsbad) — Chexiyadagi shahar, Ogrje daryosi vodiysida, 380 m balandlikda. Ahrlisi 54,1 ming kishi (2000). Shahar chetida chinni sanoati korxonalari («Mozer» z-di) bor, badiiy shisha buyumlar ishlab chiqariladi. K.-V. da 1950-y. dan boshlab Xalqaro kinofestivallar oʻtkazib turil adi.

K.-V. — balneologik kurort. Bemorlar mineral suv bilan davolanadi. Kurortga 1347—58 y. larda asos solingan. Iklimi moʻtadil nam. Yiliga 620 mm yogʻin yogʻadi. Yozi salqin (iyulning oʻrtacha t-rasi 17,3°), qishi iliq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2°). Koʻplab issiq buloqllap boʻlib, suvining t-rasi 41,2 dan 72,2°gacha. Eng kattasi — Vrjidlo. Uning suvidan karlovi-Vari tuzi olinadi. Sanatoriy va pansionatlar bor. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x