KARKIDONLAR

KARKIDONLAR (Rhinocerotidae) – toq tuyokli sut emizuvchilar turkumi oilasi. 7 tacha turi va kenja turlari bor. Afrika, Jan.-Sharqiy va Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Tropik oʻrmonlarda, suv boʻyidagi chakalakzorlarda, togʻlarda (3000 m balandlikkacha) va botqoqliklarda yashaydi. Gavdasi yirik, uz. 5 m cha, boʻyi 2 m cha, dumi qisqa, terisi kalin, deyarli junsiz. Burni ustida va qansharida 1—2 (qora karkidonda baʼzan 3 yoki

5) ta shoxi bor. Koʻzi kichkina, yaxshi koʻrmaydi, boʻyni qisqa va yoʻgʻon. Hidlash va eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Oyogʻi qisqa, yoʻgʻon. Barmoqlari 3 ta, uchida tuyoqlari bor. Tungi hayvon. Yakka yoki juft-juft boʻlib, baʼzan 4—5 tasi poda boʻlib yuradi. Karkidonlar turli oʻsimliklar b-n oziqlanadi. Pashsha va soʻnalardan qochib, botqoqqa tushib yotadi. Noyab. da urchiydi. Boʻgʻozlik davri 17-19 oy. Tugʻilgan bolasi 25 kg cha. Tanasi vazmin va qoʻpolligiga qaramay tez yuguradi. Goʻshti, yogʻi yeyiladi, terisi va shoxidan turli buyumlar tayyorlanadi. 5 turi: sumatra, qind, yava karkidoni qora, oq karkidon bor. Barcha turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x