KARIOGRAMMA

KARIOGRAMMA (kario… va yun. gramma — ras, chiziq) — bitta hujayra xromosomalarining barcha tafsilotlari bilan aynan oʻziga oʻxshatib aks ettirilgan (foto yoki chizma rasm) va sistemalashtirilgan toʻplami (q. Kariotip). Sistemalashtirish gomologik xromosomalar juftlarini yoki identifikatsiyalash mumkin boʻlmagan xromosomalar guruhini tanlash va mazkur juft (guruh) ning tur idiogrammasiga mos ravishda tartibini yoki harfini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Kariogramma tahlilining asosiy vazifasi biror guruhga mansub, tashqi koʻrinishdan oʻxshash boʻlgan xromosomalar farqini aniqlashdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x