KARIMOV Tolibjon Raufovich

KARIMOV Tolibjon Raufovich (1940.7.2, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1987). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1961). 1961—63-y. lar Qoʻqon teatrida, 1963-y. dan Hamza teatrida aktyor. K. ning ijodi yorqin dramatizm va qahramonona romantizmga boyligi, joʻshqinligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Yoʻlchi, Tantiboyvachcha («Quglugʻ qon»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Mirzo Ulugʻbek («Mirzo Ulugʻbek»), TemurSohibqiron Temur»), Shoh MaʼmunAbu Rayhon Beruniy»), Azizboy («Istehkom»), Qosim («Gurung»), Jamol («Istanbul fojiasi»), professor («Yetti faryod») va b. Televizion spektakllarda Joʻra («Yodgor»), Qalandar Qarnoqiy («Ulugʻbek xazinasi»), Shukurov («Diyonat»), Navoiy («Navoiy Astraobodda»), Gʻulomjon («Fargʻona tong otguncha») kabi; videofilmlarda Jomiy («Navoiy»), Qosimbek («Bobur»), kinoda Oʻtkir («Sayyod qoʻngʻirogʻi») va b. rollarni ijro etgan. Karimov hayoti va ijodiga bagʻishlangan «Chirogʻi yoniq uy» telefilmi ishlangan (1997). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1988). «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x