KARIMOV Mirqodir Abzalovich

KARIMOV Mirqodir Abzalovich (1906.3.3 — Toshkent — 1979.26.12) — fitopatolog-mikolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), biol. fanlari d-ri (1954); prof. (1954). Oʻrta Osiyo un-tining q. x. f-tini tugatgan (1931). Toshkent oʻsimliklarni himoya qilish texnikumida ilmiy boʻlim mudiri, Toshkent qishloq xoʻjaligi intida dos., prof. (1935—71), fitopatologiya kafedrasi mudiri (1972—79). Ilmiy ishlari beda zamburugʻ kasalliklari qoʻzgatuvchilarini aniqlash, gulli parazit oʻsimliklarga qarshi kimyoviy kurash usullarini ishlab chiqish, gʻoʻza, beda va b. ekinlarining kasalliklarini oʻrganishga bagʻishlangan. As: Gʻoʻza kasalliklari, T., 1975.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x