KARBOKSIMETILSELLYULOZA

KARBOKSIMETILSELLYULOZA [C6H7O2(OH)3i(OCH2COOH) x] n – sellyulozaning monoxlorsirka kislota bilan oʻzaro taʼsiri mahsuloti. Sellyulozaglikol kislota, sellyuloza va glikol kislotaning oddiy efiri. Oq qattiq modda, kuchsiz kislota. Mol. m. (30-25)103; yumshash t-rasi 170°; zichligi 1590 kg/m3. Suvda, ishqorlarning suvdagi eritmalarida, ammiak, osh tuzi va sellyuloza erituvchilarida eriydi, organik erituvchilar, mineral moylarda erimaydi. Ishqoriy sellyulozaga monoxlorsirka kislota yoki uning natriyli tuzini (NaOH ishtirokida) taʼsir ettirib olinadi. Sanoatda Karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzi tovuvchi vositalar komponenti, kaliyli va mis-nikelli rudalarni boyitishda flotoreagent, gulqogʻozlar uchun yelim kompozitsiyalarining komponenti, tish pastalari, pardoz vositalari, oziqovqat mahsulotlari (mas, ichimlik va qiyomlar)ni quyultiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x