KARBOFOS

KARBOFOS (Cl0Hl9O6PS2) , malation, fosfotion — oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda qoʻllaniladigan insektoakaritsid. Oʻziga xos badbuy hidli, rangsiz, moysimon suyuqlik. 50%li emulgirlanuvchi konsentrati texnika va sabzavot ekinlarida (2-martagacha) soʻruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga (oʻrgimchakkana, shira va b.) hamda chorvachilikda ekto – va endoparazitlarga qarshi qoʻllaniladi. Soʻnggi ishlov hosilni yigʻib olishdan kamida 20 kun ilgari oʻtkaziladi. Sarf meʼyori: gʻalla ekinlarida 0,25—0,6, gʻoʻzada 0,3 — 0,6, tokzorlarda 0,5—1,3, sabzavot ekinlarida 0,3—0,6 kg/ga; ish suyuqligi 200—400 l/ra Hayvonlar va odamlar uchun oʻrtacha zaharli.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x