KARBALO

KARBALO — Irokdagi shahar. Karbalo muhofazasining maʼmuriy markazi. Furot daryosi vodiysida, Bagʻdod sh. dan 85 km jan.-gʻarbda. Axrlisi 200 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari).

Saudiya Arabistoni (Makka, Madina va b. shaharlar)ga boriladigan avtomobil yoʻllari ustidagi yirik savdo (xurmo, gʻalla) va transport punkti. T. y. stansiyasi. Gʻisht z-di, meva konserva z-di va b. korxonalar bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Ali ibn Abu Tolibning oʻgʻli Husayn ibn Ali shahar yaqinida 680-y. dagi xokimiyat uchun boʻlgan jangda halok boʻlgan, Karbaloda dafn qilingan va keyinchalik masjid-maqbara qurilib, shialik mazhabidagi musulmonlarning ziyoratgohiga aylangan. Har yili muharram oyida Karbaloda motam marosimi oʻtkaziladi. Diniy marosim buyumlari b-n savdo qilinadi. Karbaloda Ozarbayjon mumtoz shoiri Fuzuliy tugʻilgan. Shahar 7-a. da bunyod etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x