KARAYLI TOGʻLARI

KARAYLI TOGʻLARIHisor tizmasiningjan.-gʻarbiy tarmogʻi. Qashqadaryo viloyatining jan.-sharqida. Eng baland joyi 964 m, uz. 7 km. Ikki antiklinal strukturadan iborat. Yon bagʻirlari shim.-gʻarbida qir-adirlardan keskin koʻtarilgan (Karamel choʻqqisi, 883 m) va kuchli parchalangan. Suvayirgich qismi paleogen (buxoro yarusi) ning qattiq ohaktosh va qumtoshlaridan tarkib topgan. Qattiq ohaktosh va qumtoshlarning mavjudligi sababli kuesta relyef shakli vujudga kelgan. Toʻq boʻz tuproqlarda past togʻlarga xos efemer va efemeroidlar, bugʻdoyiq, togʻ shuvogʻi, chalov, qoʻziquloq, butalardan bodom, pista va b. oʻsadi. Yaylovlarning mahsuldorligi oʻrtacha 2,3—3,0 s/ga. Karayli togʻlari shim.-sharqidan QarshiTermiz avtomobil yoʻli va Gʻuzor daryosi oʻzani oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x