KAPITSA Pyotr Leonidovich

KAPITSA Pyotr Leonidovich [1894. 27.6. (9.7), Kronshtadt — 1984] — rus fizigi, akad. (1936). Oʻta kuchli magnit maydonlar, past t-ralar fizikasi va texnikasi asoschilaridan biri. 1921-y. Buyuk Britaniyaga ilmiy xizmat safariga yuborilgan. U yerda E. Rezerford rahbarligida ishlagan (1921—24). Kavendish lab. direktori oʻrinbosari (1924 — 32). Kembrijdagi Monda lab. direktori (1930—34). Kapitsa 1934-y. Moskvada Fizika muammolari in-tini (hozirda Kapitsa nomidagi) tashkil qilib, 1935—46 V —•■ y. lar va 1955-y. dan direktori. Kapitsa oʻta kuchli magnit maydonini hosil qilish usulini yaratgan, spektr chiziqlarining kuchli maydon taʼsirida ajralishini, metallarning elektr qarshiligi kuchli magnit maydon taʼsirida chiziqli oʻzgarishini aniqlagan (q. Kapitsa qonuni). K. oʻz tajribalarida G=2,19 K dan past t-ralarda suyuq geliyning qovushoqligi juda kamayib ketishi (geliy-P ning oʻta oquvchanligi) ni kashf etgan va uning fizik xususiyatlarini batafsil oʻrgangan. Bunday holdagi geliy 2 xil komponent — oʻta oquvchan va normal hollarda boʻladi. Nobel mukofoti laureati (1978).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x