KANETTI

KANETTI (Canetti) Elias (1905.25.7, Ruschuk, Bolgariya — 1994.14.8, Syurix, Shveysariya) — avstriyalik yozuvchi. Birinchi asari — «Koʻr boʻlish» (1931) romanida tartibsiz, xarob dunyo manzaralari tasvirlangan, Kanettining tasvirlashicha, odamlar bu dunyoda oʻz aqlsizliklari tutquni boʻladilar. «Toʻy» (1932), «Shuhratparastlik komediyasi» (1934) pyesalari va b. esselarida omma ruhiyati qonunlarini rivoyat shaklidan foydalangan holda ochib bergan. «Mahkum etilganlar» (1955) pyesasida Kanetti ijodining asosiy mavzularidan biri — inson hayoti cheklanganligidan noroziligi bayon etilgan. Madaniy-falsafiy esselardan iborat «Omma va hokimiyat» (1960) kitobida Yevropa fashizmi ildizlarini koʻrsatib berdi. Bundan tashqari, yozuvchining maqola va hikmatli soʻzlardan iborat «Qaydlar» (1965), «Inson viloyati» (1972), 3 jildli memuar kitobi («Qutqarilgan til»,«Qulokdagi mashʼala», «Karovchilar») va b. asarlari bor. Nobel mukofoti laureati (1981).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x