KANDAK

KANDAK — oʻrta asrlarda Nasafdan Termizga boradigan karvon yoʻlida joylashgan shaharcha. K. haqida ilk. bor Tabariy maʼlumot bergan. 751—752-y. larda Kesh shohi Ixshid bu yerda Abu Dovud Xolid ibn Ibrohim boshchiligidagi arab qoʻshinlariga qurolli qarshilik koʻrsatgan. «Kandak» atamasi «kand» sugʻdiycha «kat»ning turkiycha shakli boʻlib «qalʼa» yoxud «kichik shahar» maʼnosini beradi. E. V. Rtveladzening fikricha, Kandak hoz. Oqrabot oʻrnida boʻlgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda u karvon yoʻlida joylashgan muhim strategik punkt hisoblangan. 16-a. da uning oʻrnida katta karvonsaroy boʻlgan, 20-a. boshida — burchaklarida minoralari boʻlgan qalʼa. K. dan 10 — 11-a. larga oid sopol buyumlar topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x