KAMPIRRAVOT TOʻGʻONI

KAMPIRRAVOT TOʻGʻONI — Qoradaryodagi gidrotexnika inshooti. 1937—40 y. larda qurilgan. Kampirravot toʻgʻoni radiusi 167 m li egriliqda. Umumiy uz. 137,5 m, bal. 6 m, eni 4 m. Toʻgʻon 8 darvozadan iborat; har bir darvozaning uz. 15 m. Qoradaryoga oʻngdan Yassi, chapdan Oʻzgan qoʻshilgach, suv Kampirravot darasidan oʻtadi va Fargʻona vodiysiga chiqib kengayadi. Ilgari daryoning shu qismi tosh, chim, shox-shabba bilan toʻsilib, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqarilgan. Qoradaryoda toshqin boshlangan paytlarda kanal va suv chiqaruvchi toʻsiqlar xavf ostida qolar edi. Shularni hisobga olib, Kampirravot toʻgʻoni qayta qurildi. Qurilish 1937-y. da Shahrixon va Andijon kanal rostlagichi va toʻgʻon asosini qazish bilan boshlandi. Toʻgʻonning maksimal suv sarfi 1500 m3/ sek. Bu suv uzelida toʻgʻondan tashqari, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqaruvchi rostlagich qurilgan, u 10 darvozadan iborat; har bir darvozaning uz. 5 m. Rostlagichning eng koʻp suv sarfi 230 m3/sek.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x