KAMPINIY MADANIYATI

KAMPINIY MADANIYATI — ilk neolit davriga oid arxeologik yodgorliklar (mil. av. 6—4-ming yillik). Fransiyaning Quyi Sena departamentidagi Kampiniy manzilgohi nomidan. 1886-y. da fransuz arxeologi F. Salmon topgan. Kampiniy madaniyatida yashagan qabilalar dehqonchilik, ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan shugʻullanib, diametri 3—6 m li yarim yertoʻlalarda yashagan.

Uy hayvonlaridan faqat it boqilgan. Toshbolta, sanchqi, qum aralashtirilib loydan ishlangan naqshli va naqshsiz sopol idishlar topilgan. Kampiniy madaniyati ashyolari Germaniya va Boltiq boʻyidagi ilk neolit makonlaridan topilgan arxeologik yodgorliklarga oʻxshab ketadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x