KAMOLOVA Naila Adelshina

KAMOLOVA Naila Adelshina (1951.22.9, Kogon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1955). Buxoro ped. in-tini tugatgan (1973). 1973-y. dan Buxoro sh. dagi 21-maktabda, 1976-y. dan 23-maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi. Kamolova olib borayotgan jismoniy tarbiya darslari oʻzining noanʼanaviyligi, mazmun jihatdan boyligi bilan oʻquvchilar diqqatini jalb etadi. Uning tashabbusi bilan milliy sport turlari, gimnastika boʻyicha mashqlar, sport musobaqalari, spartakiadalar nizomlari, sayyohlik yoʻnalishlari ishlab chiqilgan. Murabbiy sifatida sogʻligi zaif bolalar uchun reabilitatsiya guruhi tashkil etib, ularning sogʻligini tiklash uchun oʻzi ishlab chiqqan mashqlar majmuidan unumli foydalanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x