KAMINA

KAMINA (taxallusi; asl ismi Mamatvali) (1770—1840) — turkman mumtoz shoiri. Xiva, Buxoro madrasalarida oʻqigan. Ijodida hajviyot yetakchi oʻrin egallaydi. Qator sheʼrlarida zamona nosozliklari tanqid etilgan («Gʻariblik», «Qozim», «Davr», «Aklga ishon», «Yarashmas» va b.). «Zulfing», «Bilo bilmadim», «Kelinlar», «Ersarining qizi» kabi sheʼrlarida turkman xalqini birlikka, urugʻlararo ahillikka chaqiradi, sevgi va sadoqat, erk va baxt kabi yuksak gʻoyalarni kuylaydi. Kamina sheʼrlari turkman, oʻzbek baxshi va ashulachilari repertuaridan keng oʻrin olgan. Kamina Sharq xalqlari adabiyotida satira janri taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Turkman xalqi orasida Kamina nomi bilan bogʻliq latifalar keng tarqalgan. Asarlari oʻzbek va b. qardosh turkiy tillarga tarjima qilingan. Kamina tavalludining 200-yilligi keng nishonlangan (1971).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x