KAMFORA

KAMFORA (Camphora), kamfara, SSHN|6O, — oʻziga xos hidli, rangsiz kristall, suyuqlanish t-rasi 179°. K. tabiatda keng tarqalgan, koʻpgina efir moylari (mas, kamfora moyi) tarkibiga kiradi. Kamfora — nitrat va atsetat sellyuloza plastifikatori (selluloid va kinoplenkalar ishlab chiqarishda), tutunsiz porox flegmatizatori; nerv faoliyati stimulyatorlari jumlasiga kiradi. Tibbiyotda kamfora daraxtilai olinadigan sof Kamfora yoki oqqaragʻay moyidan olinadigan Kamfora ishlatiladi. Yurak-tomir va markaziy nerv sistemasi faoliyati, nafas susayganda, kol-lapepa., krupoz pnevmoniya va b. yuqumli kasalliklarda, narkotiklar va uyku dorilaridan zaharlanganda moyli eritmasi teri ostiga yuboriladi, issiq tushirish, balgʻam koʻchirish maqsadida poroshogi ichiriladi; saramas, parotit va b. ni davolashda antiseptik va ogʻriq qoldiruvchi modda sifatida (mazi) surtiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x