KAMAU, Kamo — Hindixitoy jan. dagi yarim orol, Vyetnam hududi. Jan. Xitoy dengizi bilan Siam qoʻltigʻi oraligʻida. Mekong deltasidan jan.gʻarb tomon 180—200 km gacha dengiz ichkarisiga kirib borgan. Mangra oʻrmonlari, botqokliklar bor. Sholi ekiladi.