KAMAGUEY

KAMAGUEY — Kubaning markaziy qismidagi shahar. Atiboniko daryosi sohilida joylashgan. Kamaguey provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axolisi 300 ming kishi chamasida (1990y. lar oʻrtalari). T. y. va avtomobil yoʻllarining yirik tuguni. Aeroport bor. Q. x. (shakarqamish, chorvachilik) r-nining muhim savdo-sanoat markazi. Mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari i. ch., oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik, koʻn poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Kamaguey yaqinidan xromit olinadi. Ignasio Agramonte unti (1974) va muzeyi bor. 17—19-a. larga oid meʼmorii yodgorliklari saqlangan. Shaharga 1515-y. da asos solingan, 1817-y. dan shahar maqomini olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x