KALYAO

KALYAO — Perudagi shahar, Kalyao buxtasi sohilida joylashgan. Lima aglomeratsiyasi tarkibida. Kalyao Konstitutsion provinsiyasini tashkil etadi. Aholisi 699,5 ming kishi (1996). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazlaridan. Tinch okean sohilidagi yirik savdo porti (mamlakatning 75% importi, 25% eksporti). Rangli metallurgiya, kemasozlik, toʻqimachilik, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Kalyao — mamlakatdagi baliq sanoatining asosiy markazlaridan. Ilmiy texnika un-ti, kutubxona, harbiy muzey bor. Shaharga 1573-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x