KALTAKESAKCHALAR

KALTAKESAKCHALAR (Eremias) – kaltakesaklar urugʻi. 45 turi bor. Afrika, Osiyo va Yevropada tarqalgan. Oʻzbekistonda 9 tacha turi uchraydi. Asosan, tangachalari va boshidagi qalqonlarining tuzilishi, son teshikchalari boʻlishi bilan boshqa kaltakesaklar urugʻidan farklanadi. Kaltakesakchalar — kunduzgi hayvon. Choʻl, yarim choʻl va toshloq yerlarda, Nikolskiy kaltakesakchasi togʻlarning 1000—3000 m gacha baland joylarida, baʼzi turlari etaklarida yashaydi. Kaltakesakchalar hasharot va mayda umurtqasizlarni qirib, foyda keltiradi. Togʻdagi sovuq sharoitda yashaydigan koʻzli kaltakesakchadan tashqari, barcha Kaltakesakchalar tuxum qoʻyib koʻpayadi. Koʻzli kaltakesakcha tuxumdan tirik tugʻadi. Oʻzbekistonda ildam kaltakesakcha, rang-barang kaltakesakcha, toʻgarakbosh kaltakesakcha va h. k. keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x