KALORIMETRIYA

KALORIMETRIYA (lot. calor — issiqlik va… metriya) — turli fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarda sodir boʻladigan issiklik effektlari (issiqlik miqdorlari)ni oʻlchash usullari majmui. Xususan, Kalorimetriya usullari bilan jismlarning issiqlik sigʻimi, fazaviy oʻtishlar issiqligi (erish, qaynash va b.), kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan issiqlik effektlari, radioaktiv yemirilishlar, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi va b. aniklanadi.

Turli jarayonlarda jism sarflaydigan yoki yutadigan issiqlik miqdorini bevosita oʻlchash uchun ishlatiladigan asboblar kalorimetrlar deyiladi. 400 K va undan yuqori t-ralardagi issiklik oʻlchashlarini oʻz ichiga olgan Kalorimetriyani yuqori temperaturalar K. si, suyuq azot, vodorod va geliy t-ralari sohasini (-77 K va undan pastda) past temperaturalar K. si deyiladi.

Kalorimetriyani oʻlchash usullari issiqlik texnikasida, metallurgiyada, kimyo texnologiyasida keng ishlatiladi. Turli texnologik jarayonlarda jismlarning qizishi, erishi yoki bugʻlanishi uchun sarflanadigan issiqlikni hisoblashda; kimyoviy reaksiyalarning borishi chegarasini aniqlashda va ularning sodir boʻlish shartlarini belgilashda Kalorimetriyadan foydalaniladi. Maye, grafitdan sintetik olmos olish mumkin boʻlgan bosim va t-ra sohasini shu moddalarning issiqlik sigʻimlarini va yonish issiqliklarini kalorimetrik oʻlchashlar orqali aniklangan. Biologiyada Kalorimetriya (biokalorimetriya) yordamida organizmda boʻlib turadigan kimyoviy va fizik jarayonlar [endotermiklik yutilishi) va ekzotermiklik chikarish)]dagi issiqlik effektlari aniklanadi. Maye, bir soatda ichak tayoqchasi mikrobi ~10~9 kal, odam 5-104 kal issiqlik chiqarishini Kalorimetriya usuli bilan aniqlangan. Organizmdan ajralib chikadigan issiqlik mikdorini aniqlash uchun, odatda, hayvon yoki odam kalorimetr (devorlari orasida suv oqib turadigan kamera)ga joylashtiriladi. Bunda organizmdan chiqayotgan issiqlikni suv yutadi. Suv massasi va uning t-ra oʻzgarishidan qancha issiklik ajralishi bilib olinadi. Agar bunday bevosita oʻlchash mumkin boʻlmasa, u holda bilvosita usullardan foydalaniladi (mas, organizm vaqt birligida yutgan O2 va chiqargan SO2 nisbatidan oqsil, yogʻ, uglerodlarning oksidlanishi uchun sarflagan O2 mikdori aniqlanadi. Ok-sidlanish reaksiyalaridagi issiklik effektlariga qarab organizmda xreil boʻladigan issiqlik miqdorini hisoblab chiqsa boʻladi). Kalorimetriya fiziologik tadqiqotlar va diagnostikada katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x