KALLYUS, kallus (lot. callus — qadoq) — oʻsimlikning shikastlangan (kesilgan) joyida hosil boʻladigan toʻqima. Yaraning bitishiga yordam beradi. Kallyus yupqadevorli parenxima hujayralaridan iborat boʻlib, boʻrtma (baʼzan yupqa qavat) koʻrinishida boʻladi. Yalangʻochlanib qolgan turli toʻqimalar qujayralarining boʻlinishidan paydo boʻladi. Payvandlashda payvandtag va payvandustning birikib ketishiga, qalamchalardan koʻpaytirishda qoʻshimcha oʻsimta ildizlar va kurtaklar paydo boʻlishiga yordam beradi. Terak, tok qalamchalari Kallyus hosil qilib ekilganda bexato tutib ketadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые