KALLAKLASH

KALLAKLASH — keksaygan meva daraxtlarini yoshartirish (hosil berish davrini uzaytirish); 6—10 yillik asosiy shoxlarni 1 —1,5 m yuqorisidan, ayrimlarini tanaga taqab kesish. Asosan, daraxtlarning tinim davri (fev. —mart) da oʻtkaziladi. Oʻrik, shaftoli, tut daraxtlarida yaxshi natija beradi. Poya olib turish uchun ekilgan tol va b. daraxtlar har 2—3 yilda erta bahorda, tut pilla qurti boqish uchun barg beradigan tut daraxtlari xar yili kallaklab turiladi (yana q. Butash).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x