KALIDASA

KALIDASA (taxm., 5-a.) — hind shoiri va dramaturgi. Kalidasadan «Raghu nasli», «Kumariyning tugʻilishi», «Darakchi budut», «Yil fasllari» lirik dostonlari hamda «Malavika va Agnimitra», «Uzugidan tanilgan Shakuntala» (yoki «Shakuntola»), «Matonat bilan olingan Urvashi» dramalari qolgan. Hind adabiyotining qad. yodgorliklari sanalgan vedalar, «Mahabhorat» va «Ramayana» epik dostonlari Kalidasa asarlariga manba boʻlib xizmat qilgan. Kalidasa xalq manfaatlarini nazar-pisand qilmaydigan hukmdorlarning bosqinchilik urushlarini qoralagan, insonning ijodiy salohiyatini ulugʻlagan. Kalidasa «Raghu nasli» dostonida afsonaviy Raghu naslining hayoti, shuningdek, Hindistondagi turli xalklarning turmush tarzini aks ettirgan. Kalidasa — nozik ruhshunos hamdir. Uning dramaturgiyasi qad. Hindistonda teatr sanʼatining yuksak darajada rivoj topganligini koʻrsatadi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x