KALDERA

KALDERA (ispancha caldera — katta qozon) , vulkan ogʻzi — vulkan choʻqqisi, baʼzan unga yondosh joylarning oʻpirilishi natijasida vujudga kelgan yon bagʻirlari tik va tubi bir qadar tekis qozonsimon botiq. Vulkan otilganda katta hajmdagi magma tashqariga chiqadi, keyingi otilishga qadar vulkan kamerasida boʻshliq hosil boʻladi, natijada vulkan tepasi tayanchini yoʻqotib oʻpirilib tushadi. Diametri 10—15 km ga yetadi, baʼzan esa undan ham ziyod. Kaldera termini Palma o. da (Kanar o. lari) joylashgan katta vulkan krateri nomidan kelib chiqqan. Kalderaning kraterdan farqi uning kelib chiqishi va oʻlchamlarining kattaligidadir. Vulkan boʻgʻizidan chiqayotgan gazlarning kuchli portlashlari natijasida vujudga keluvchi portlash (eksploziv) Kalderasi hamda oʻpirilish (gravitatsion) Kalderasi farq qilinadi. 1883-y. da Krakatau K. si vulkan gazi portlashidan hosil boʻlgan. Oʻzbekistonda qad. Kalderalar Chatqol-Qurama togʻlarida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x