KALAXARI

KALAXARI — Jan. Afrikaning markaziy qismidagi chala choʻlli tabiiy oʻlka. Botsvana, JAR, Namibiya, Zambiya, Zimbabve, Angola hududida. Uz. 2000 km chamasida, kengligi 1200 km dan ziyod. Mayd. 630 ming km2. Plato va yassitogʻlar b-n oʻralgan eol relyef shakliga ega botikdan iborat. Shim,da Kongo-Zambezi suvayirgʻichi, jan. da Oranj daryosi vodiysi bilan chegaralanadi. Yer yuzasi bir oz past-baland, koʻp qismi qum bilan qoplangan boʻlib, bal. 900—1000 m. Iqlimi tropik va subekvatorial iqlim, oʻrtacha t-rasi yozda 24—26°, qishda 12— 18°. Yiliga 150 mm dan 1000 mm gacha yogʻin yogʻadi (eng koʻp yogʻin dek. —fev. oylariga toʻgʻri keladi). Daryo kam. Shoʻr suvli sayoz koʻl va botqoqlik koʻp. Tuprogʻi jigarrang-qizil, laterit, qizil-qoʻngʻir tuproq. Oʻsimlik dunyosi — shim. da savannalardan, jan. da chul va chala chul oʻsimliklaridan iborat. Katta qismida oʻsimlik umuman oʻsmaydi. Hayvonot dunyosi Efiopiya oblastining Afrika kichik oblastiga mansub. Aholining asosiy qismi ovchilik va chorvachilik b-n shugʻullanadi. Kalaxarining jan. qismida tovar mahsulot beruvchi chorvachilik rivojlangan, ayrim yerlarda dehqonchilik qilinadi. Kalaxari hududida Etosha-Pan milliy parki tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x