KAKKU

KAKKU, oddiy kakku (Cuculus canorus) — kakkusimonlar turkumiga mansub qush. Tanasining uz. 33—38 sm, ogʻirligi 100 g gacha. Qanoti kalta, dumi uzun. Pati koʻngʻir kulrang yoki qoʻngʻir sargʻish, qorin tomoni oqish boʻlib, qoramtir yoʻl-yoʻl. Yevropa va Osiyoning oʻrta va jan. hududlarida keng tarqalgan. Uchib ketadigan qushlardan. Uya qurmaydi, tuxumini chumchuqsimonlar uyasiga tashlab ketadi. Shuning uchun Kakku chumchuqsimonlar uya quradigan deyarli barcha biotoplarda tarqalgan. Oʻzbekistonning hamma daraxtzorlarida uchraydi. May — avg. oylarida 12—25 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan ochib chiqqan Kakku joʻjasi uya egasining tuxumlarini uyadan chiqarib tashlaydi. Boshqa qushlarning uyasini buzishi tufayli Kakku birmuncha ziyon yetkazadi. Hasharotlar va ularning kurtlari, shu jumladan, boshqa qushlar tegmaydigan paxmoq qurt (tengsiz ipak qurti) bilan oziqlanib, foyda keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x