KAGOSIMA — Yaponiyadagi shahar va port. Kyusyu o. ning jan. qismida, Kagosima prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 546,2 ming kishi (1995). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (asosan, ip gazlama va shoyi), kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Nafis chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Kagosima — Yaponiyaning jan. dagi baliq ovlash sanoatining markazlaridan. Un-t, badiiy muzey, fayans buyumlar muzeyi, shahar yaqinida kosmik tadqiqotlar markazi, issiq buloqlar bor. Turizm rivojlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые