KAGAROV Medat Aytoxunovich

KAGAROV Medat Aytoxunovich (1940.15.6, Olmaota) — grafik rassom, Oʻzbekistan xalq rassomi (1990). Moskva Oliy badiiy sanoat bilim yurtini tugatgan (1965). 1965-y. dan Oʻzbekistonda. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati inti (1965—74) va Respublika rassomlik bilim yurti (1974 — 82)da dars bergan. Kagarov ijodiy izlanuvchan, bir qolipda ishlashdan xoli boʻlgan yangi, boy grafik vositalarni izlab topadi, dastgoh va kitob grafikasida, shuningdek, ekslibrisda ijod qiladi. 30 dan ortiq grafik turkum asarlar yaratdi. Navoiyning «Sabʼai sayyor» (1977), Oʻ. Sulaymonovning «Aylanayin» (1987), A. Oripovning «Ishonch koʻpriklari» (1989) va b. kitoblarni badiiy bezadi. 1990-y. dan rangtasvirda ham ijod qiladi («Jonajon oʻlka», 1993; «Borayotgan karvon», 1994; «Ipak yoʻlida», 1996; «Oʻzgarishlar kitobi», 1999 va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x