KACHKANAR TEMIR RUDA KONLARI

KACHKANAR TEMIR RUDA KONLARI — RFning Sverdlovsk viloyatida joylashgan. Ural toglaridagi eng yirik konlardan. 18-a. dan maʼlum. Ikkita asosiy kon — Kachkanar va Gusevogorsk temir ruda konlaridan iborat. Rudalar 160 m chuqurlikkacha mukammal oʻrganilgan. Ularning 500—600 m chuqurlikkacha borligi aniqlangan. Asosiy ruda minerallari magnetit va ilmenit hisoblanadi, baʼzan pirit, xalkopirit va pirrotin ham uchraydi. Rudadagi temir miqdori oʻrtacha 16 — 17% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, 1,2—1,3% titan, 0,14% vanadiy, ozroq platina ham bor. Tarkibida 16% temir boʻlgan balans zahirasi 2 mlrd. t ni tashkil etadi. Konlardan ruda ochiq usulda olinadi. 1975-y. konchilik sanoati kti ishga tushirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x