JUZGʻUN

JUZGʻUN, qandim (Calligonum) — torondoshlar oilasining bir turkumi. Oʻrta Osiyoda 45 ga yaqin turi bor, asosan, choʻllarda oʻsadi. Boʻyi 50 sm dan 3 m gacha. Mevasi quruq, 4—8 qanotchali, changchilari 12—18 ta. Barglari koʻrimsiz, uz. 5—7 mm, tasmasimon. Gullari oq, mayda, xushboʻy. Oʻzbekistonda, asosan, Qizilqumda va Markaziy Fargʻona qumlarida qora juzgʻun (S. aphyllum), norjuzgʻun (S. eriopodum), oq juzgʻun (S. junceum), qizil juzgʻun (S. caputmedusae) va b. turlari oʻsadi. Juzgʻunlar, asosan, koʻchma qumlarni toʻxtatish uchun ekiladi. Ayrim turlari tarkibida oshlovchi moddalar va alkaloidlar bor. J. ni mollar yeydi. Manzarali oʻsimlik sifatida ham ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x