JUVANGʻAR

JUVANGʻAR, Javongʻor, Jungʻar (turkiycha — chap qoʻl) — 1) moziyda Markaziy Osiyoda davlat tasarrufidagi yerlarning chap tomoni. Koʻchmanchi xalqlarda mamlakat va uning aholisini ikki qanotga oʻng va soʻlga taqsimlash qadimdan odat tusini olgan;

2) qoʻshinning soʻl qanoti. Juvangʻar istilohi bu maʼnoda oʻzbek tiliga 13-a. ning 30-y. larida oʻzlashgan. Chingizxon qoʻshini Juvangʻar ining soni 62 ming askardan iborat boʻlgan. Temur va temuriylar qoʻshinida Juvangʻarga temuriyzodalar va atoqli lashkarboshilar qoʻmondonlik qilgan. Odatga koʻra, Juvangʻar jangchisining barangʻarsan oʻrin olishi harbiy intizomni buzish deb baholangan. Juvangʻar istilohi harbiy maʼnoda 20-a. boshigacha isteʼmolda boʻlgan. Juvangʻar toponimik nom sifatida Jungʻariya atamasida saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x