JUMAMURATOV

JUMAMURATOV Tilovbergan (1915.27.12, Moʻynoq tumani — 1990.20.4, Nukus) — Oʻzbekiston (1969) va Qoraqalpogʻiston (1967) xalq shoiri. Urta Osiyo un-tini tugatgan (1948). «Yurak muhabbati» (1956), «Doʻstlik» (1959), «Davrimiz yulduzlari» (1962), «Moʻjizakor siymo» (1965), «Toʻlqinda» (1970) doston va sheʼrlar toʻplami, «Guzal Makarya» sheʼriy romani (1965) bor. «Qirgʻiz doʻstlarimga», «Oʻzbek shoiri Gʻafur Gʻulomga», «Navoiy haqida» (1967) kabi sheʼrlarida xalqlar doʻstligi, qardoshligi kuylangan. «Mehnatda toblanganlar» (1957), «Muhabbat siri» (1958) hikoya va ocherklar toʻplami, «Qizlar hazili» (1967), «Ogʻir kunlar» (1977) pyesalari muallifi. Bir qator asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Mening zamondoshlarim», 1962; «Amu qoʻshiqlari», 1965 va b.). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1972).

2 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x