Juda katta (super) Oy


Post Views:
168

Bugun, 13 noyabrda o‘zbekistonliklar 70 yil ichidagi eng katta Oyni kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 13 noyabrdan 14 noyabrga o‘tar kechasi Oy Yerga 1948 yildan beri eng qisqa masofaga yaqinlashadi. Bu holat Superoy deb ataladi va keyingi bunday ajoyib manzarani faqatgina 2034 yildagina kuzatish mumkin bo‘ladi.

“Ma’lumki, Oy sayyoramiz atrofida ellipssimon orbita bo‘ylab harakat qiladi. Oyning sayyoramizga nisbatan yaqinlashishi va uzoqlashishi shu bilan tushuntiriladi. Yakshanbadan (13 noyab) dushanbaga (14 noyabr) o‘tar kechasi Oy Yerga maksimal darajada yaqinlashadi, ya’ni perigeyda joylashadi. Bunday hodisa oxirgi marta 1948 yilda kuzatilgandi. Biz samarqandlik astronomlar Sattepada joylashgan ilmiy-o‘quv markazida bu hodisani kuzatmoqchimiz. U yerda kuchli GRUBB-PARSONS teleskopi joylashgan”, deb “Samarkandskiy vestnik” nashri tahririyatiga Samarqand davlat universiteti fizika fakeltuti astronomiya kafedrasi assissenti Shuhrat Egamberdiyev izoh berdi.

Toshkent shahri va viloyati aholisi teleskopsiz ham soat 21:50 dan 4:15 gacha bu noyob hodisaning guvohi bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Oy tongga yaqin Yerga 351 722 km gacha (Yerdan Oygacha bo‘lgan masofa o‘rtacha 384 400 km ni tashkil etadi) yaqinlashadi. Bu hodisa vaqtida Oy odatdagidan 14 foizga kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo‘ladi.

Ma’lumot “Mo‘yi Muborak Ukkosha” jome’ masjidi imom xatibi – Ilhomjon Madaliyev tomonidan taqdim etildi

https://shosh.uz/uz/juda-katta-super-oy-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x