JOYNAMOZ

JOYNAMOZnamoz oʻqiladigan toʻshama. Joynamoz ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi omil, deb tasavvur qilinadi. Joynamoz ustida namoz oʻqish ilk islom davrida keng tarqalmagan, yerda, boʻyrada ham oʻqilavergan. Joynamoz boʻlmagan taqdirda turli pokiza buyumlar (chopon, roʻmol, sholcha, qiyiq, mato va b.)dan Joynamoz sifatida foydalanish mumkin. Hozirda Joynamoz keng koʻlamda qoʻllanilishidan qatʼi nazar, zarurat taqozo qilgan paytlarda pok tuproq yoki oʻtloq ustida ibodat qilish mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Joynamoz atamasi Qurʼonda tilga olinmagan.

Joynamoz tayyorlash musulmon mamlakatlarida amaliy sanʼatning anʼanaviy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Joynamoz matodan toʻrtburchak shaklida tayyorlanadi, kashtalar tikib bezatiladi. Kashta mujassamoti mehrob shaklida hoshiyalangan islimiy naqshlardan iborat. Matodan bezaksiz tayyorlangan Joynamozning bosh tomoniga ramziy mehrob shakli tikiladi, namoz oʻqish paytida bu shakl Makka (qibla) tomonga qaratiladi. Hoz. paytda turli hajmda gilam J. lar ham tayyorlanmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x