Jo’rabek — Qalbim butun emas

Sevgimga ishonib yashar edim, jonim,
Orzular eltardi go`zal manzillar tomon,
Sensizlik ekan yomon.
Yashar edim baxtli, tuyg`ularga ishonib,
Sevgimizdan kuch olib,
Sevar edim jondek, ishonardim – sen meniki.

Qalbim butun emas,
Sen bo`lmasang mening osmonimda.
Ko`zlarim ham ko`rmas, yuragim ham urmas,
Oyoqlarim yurmay qolar sen bo`lmasang.

Osmon go`zal emas,
Uning siymosida jonim, sen bo`lmasang.
Osmon go`zal emas,
Bulutlari sening tabassuming suratin chizmasa.

Kechira olmasman,
Bu dunyoda sensiz borligimdan.
Hayot go`zal emas,
Butun borliq esa yolg`ondan yasalgan.

Qalbim butun emas,
Sen bo`lmasang mening osmonimda.
Ko`zlarim ham ko`rmas, yuragim ham urmas,
Oyoqlarim yurmay qolar sen bo`lmasang.

Qalbim butun emas, {x3}
Sen bo`lmasang…

Sevgimga ishonib yashar edim, jonim,
Orzular eltardi go`zal manzillar tomon,
Sensizlik ekan yomon.
Yashar edim baxtli, tuyg`ularga ishonib,
Sevgimizdan kuch olib,
Sevar edim jondek, ishonardim – sen meniki.

Qalbim butun emas,
Sen bo`lmasang mening osmonimda.
Ko`zlarim ham ko`rmas, yuragim ham urmas,
Oyoqlarim yurmay qolar sen bo`lmasang.

Qalbim butun emas, {x3}
Sen bo`lmasang…

Seni unutishni o`rganishim kerak ekan,
Yig`lashni bilmagan inson hayotda baxt qadriga yetmas.

Qalbim butun emas,
Sen bo`lmasang mening osmonimda.
Ko`zlarim ham ko`rmas, yuragim ham urmas,
Oyoqlarim yurmay qolar sen bo`lmasang.

Qalbim butun emas,
Sen bo`lmasang mening osmonimda.
Ko`zlarim ham ko`rmas, yey…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x