JON VAFO MIRZO

JON VAFO MIRZO, Jon Vafobiy (? — 1510 — Shayboniyxonning lashkar boshilaridan biri; nayman qabilasidan. 1486-y. Sulton Husayn Bopqaro mulki boʻlgan Xorazmga, xususan, Shahri Vazirga (q. Vazir) chopqun uyushtirilganda Jon Vafo Mirzo shayboniylardan Iboqxondan ajralib Shayboniyxonga qoʻshilgan. Shayboniyxon Movarounnahrga bostirib kelganda, Jon Vafo Mirzoni Samarqand dorugʻasi etib tayinlagan (1500). Jon Vafo Mirzo ilgari Xoʻja Yahyo (Xoʻja Ahrorning oʻgʻli)ga tegishli uyga joylashgan. Bobur Shayboniyxonni asosiy kuchlar bilan shahar chetidagi Bogʻi Maydonda ekanligidan va 500—600 askarga ega Jon Vafo Mirzoning beparvoligidan foydalanib 1500-y. iyulida, yarim tunda Samarqandni egallab olgan. J. V. m. Shayboniyxon huzuriga qochgan. 100 kunlik hukmronlikdan soʻng Bobur Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻlgan. 1507-y. J. V. m. Hirot sh. dorugʻasi etib tayinlangan. Shoh Ismoil I safaviyning buyrugʻiga koʻra qatl etilgan.

Ad.: Baburname, T., 1993; Boburnoma, T., I960; Axm yedo v B. A. Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismennыye pamyatniki, T., 1985; Istoriya Uzbekistana, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x