JOMOLUNGMA

JOMOLUNGMA, Everest, Sagarmatxa — Yer yuzidagi eng baland choʻqqi, Himolay togʻlarida, Nepal bilan Xitoy chegarasida. Jomolungma qisman Sagarmatxa (Nepal) milliy bogʻi tarkibida. Bal. 8848 m. Zamini kembriygacha vujudga kelgan gneys va granitlardan, 7000 m dan yuqori qismi mezozoyning kristalli ohaktosh va slaneslaridan tarkibtopgan. Shakli piramidasimon. Togʻ tepasidan atrofga 5000 m balandlikkacha muzliklar oqib tushgan. Jan. yon bagʻri tik boʻlgani uchun bu yerda qor turmaydi. Jomolungma choʻqqisiga 1953-y. 29-mayda J. Xant boshliq ingliz ekspeditsiyasi aʼzolari — nepallik Tensing va yangizelandiyalik E. Xillari chiqib yetdilar. Ayollardan birinchi boʻlib yaponiyalik alpinist Yu. Tabey (1976) chiqqan. 1998 i. 22-mayda 11 kishidan iborat Oʻzbekiston alpinistlari Jomolungma choʻqqisini zabt etdilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x