JOMBOY

JOMBOYSamarqand viloyatidagi shahar (1977-y. dan). Jomboy tumani markazi. Tumanning jan.-sharqiy qismida, t. y. stansiyasi yonida joylashgan. Jomboy etnik urugʻ nomidan kelib chiqqan. Jomboydan Samarqandgacha 13 km. Aholisi qariyb 14 ming kishi (2000). Jomboyda 4 umumiy taʼlim maktabi, maishiy xizmat kolleji, hunar litseyi, Akrologiya va parazitologiya ilmiy tadqiqot in-ti, 2 kutubxona, madaniyat uyi, Motamsaro ona xiyoboni, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Shaharga kiraverishda ramziy darvoza oʻrnatilgan.

1502-y. da Shayboniyxon Buxorodan Samarqandga qaytishida Zarafshon daryosining Jomboydan oʻtuvchi qismida 7 ravokdan iborat koʻprik qurdirgan. Zamonlar oʻtishi bilan ravoklar buzilib, 19-a. ning 40-y. larida 3 ta ravoq butun qolgan. Hoz. koʻprikning birgina ravogʻi saqlangan. 1899-y. J. orqali t. y. oʻtkazilgan. Jomboyda 1911-y. da Mahmudxoʻja Behbudiy tashabussi bilan yangi usulda maktab ochilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x