JMAKIN Valentin Ivanovich

JMAKIN Valentin Ivanovich (1928.5.3, Gorkiy viloyati) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1944— 48), Moskva amaliy bezak sanʼati in-ti (1948—52) va Badiiy sanoat oliy oʻquv yurti (1952—54)da taʼlim olgan. Jmakin asarlari oʻzbek xalqi hayotidagi muhim voqealarni aks ettirgani bilan diqqatga sazovor, ularda obrazlar yorqin boʻyoqlarda, jonli ifodalangan. «Paranji tashlagan ayol» (1957), «Angren GRES qurilishi» (1958), «Industrial Oʻzbekiston» triptixi (hamkorlikda, 1957—60), «Hamza» (1960), «Hovli» (1970), «Eshelonlar» (1985) va b. kartinalar, shuningdek, Toshkentdagi jamoat binolariga ishlangan namoyonlar va mahobatli bezak sanʼatiga oid asarlar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x