JIYDASOY

JIYDASOYNamangan viloyati Pop tumanidagi soy. Sirdaryoning oʻng irmogʻi. Qurama tizmasining jan.sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. 30 dan ortiq irmogʻi bor. Uz. 25 km. Yuqori qismida tor va ancha chuqur vodiyda, juda nishab toshloq oʻzanda oqadi. Bahorning seryogʻin oylarida suvi koʻpayadi, baʼzan sel keladi. Yozda suvi juda ozayib ketadi. Jiydasoy suvi sugʻorishga sarflanishi tufayli, uning etak qismida koʻpincha suv boʻlmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x